Fanning maqsadi – talabalarning yozma tarjima boʼyicha bilimlarini kengaytirish, yozma tarjima turlari va usullari bilan tanishtirish, ushbu sohada koʼnikma va malakalarini rivojlantirish.

Fanning vazifasi – talabalarga zamonaviy tarjima metodlarini, tarjima qilingan matnlarning asliyati bilan solishtirib tahlil qilishni, qilingan tarjima sifatini aniqlash mezonlarini, yozma tarjimadagi zamonaviy va anʼanaviy usullarni oʼrgatishdan iborat.