NAZARIY MEXANIKA fani oliy texnika o'quv yurtlarida o'tiladigan asosiy fanlardan biri bo'lib, uning qonunlari MATERIALLAR QARSHILIGI, QURILISH MEXANIKASI, MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI kabi qator fanlar uchun xilma-xil va murakkab texnika masalalarini yechishda nazariy asos sifatida qo'llaniladi.

NAZARIY MEXANIKA fani moddiy jismlarning  bir-biriga ko'rsatadigan ta'siri va mexanik harakatning umumiy qonunlari haqidagi fandir.