Fanning ahamiyati. «Matematik fizikaning zamonaviy usullari» kursining asosiy maqsadi talabalarning matematik bilimlarini oshirishga mo`ljallangan. Bu kursda talabalar chegaraviy masalalarning umumlashgan yеchimini tоpishning bir nеchta usullarini o`rganadilar.

Fanning qisqacha mazuni (summary)

Boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Mazkur fan matematik analiz, differentsial tenglamalar, integral tenglamalar, funksional analiz va kompleks o‘zgaruvchili funqsiyalar nazariyasi predmetlari bilan uzviy bog`liq. Bu fan magistr tayyorlashning  o‘quv jarayonida talabalarning yuqori darajadagi umummatematik tayyorgarligi va ko`pgina maxsus fanlar bo‘yicha chuqur bilimlar egasi bo‘lishida asosiy o‘rin tutadi.

Fanning maqsad va vazifalari

Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarni Matematik fizikaning zamonaviy usullari ning asosiy bilimlari, tushunchalari, tasdiqlari va ularning isboti, amaliy masalalarni yechish usullari, informatika va dasturlashning nazariy asoslari, haqidagi bilimlar, ixtisoslikni o’zgartirishga zaruriy tayanch bilimlar amaliy masalalarni yuqori sifat va aniqlikda yechishning zamonaviy matematik usullar bilan talabalarni tanishtirish. Ayni paytda u talabalarni mantiqiy fikrlashga, to’g’ri xulosa chiqarishga, matematik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.