Fan dasturi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta'lim standarti, muhandislik, ishlab chiqarish texnologiya, transport, qurilish arxitektura va pedagogik yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlash mazmuni va saviyasining majburiy bo’lgan talablarga muvofiq tuzilgan. Ushbu dasturda fan tarixi, rivoji va istiqboli, uch o’lchamli fazodagi geometrik obrazlar-ob'ektlarni tekislikdagi ikki o’lchamli tasvirlari-proeksiyalari-ko’rinishlarini xosil qilish tartibi va qoidalari, proyeksiyalash usullari, ortogonal (to’qri burchakli) proyeksiyalar va ularning xossalari, geometrik obrazlarni tiklanish xususiyatiga ega bo’lgan proyeksiyalari, pozision va metrik masalalarni turli usullarda yechilishi, yoyiluvchi sirtlarni tekislikka yoyish usullari, chizma tuzishda Davlat standarti tomonidan qo’yilgan qoida va talablar, geometrik va proyeksion chizmachilik, rezbali biriktirish detallari va ularning birikmalari, yig’ma birlikning yig’ish chizmasini va bunday chizmalarni detallarga ajratib, ishchi chizmalarini bajarishga qo’yiladigan talablar bayon qilingan. Fanga oid texnik va grafik dasturlar vositalari, shuningdek, nazariy va amaliy laboratoriya mashg’ulotlarining mazmuni, mutahassislik yo’nalishidan kelib chiqqan holda u yoki bu grafik dasturlar tizimida grafik axborotlarning primitivlarini-tarkibiy qismlarini bajarishning tayyor buyruqlar paketidan foydalanish algoritmi, chizma primitivlarini taxrirlash, ularning maqbul ko’rinishlarni va o’lchamlarini aniqlash; Olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashga mo’ljallangan grafik laboratoriya ishlarining mazmuni va hajmi ham keltirilgan.