Oliy ta'lim tizimida yuksak malakali, ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal qila oladigan, yangi texnika va texnologiyalarga tez moslashishga layoqatli kadrlarni tayyorlashda ta'lim jarayonini zamonaviy o’quv-metodik majmualar bilan ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Respublikamiz qishlok xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlashda qo’llaniladigan mashina va jixozlarni ekspluatatsiya qilish va montaj, ta'mirlash hamda zamonaviy energiya tejamkor texnologik mexanizmlarni loyihalashda dolzarb muammolardan biridir. Shuning uchun oziq- ovqat sanoati korxonalarini yetuk mutaxassis muhandis texnolog kadrlar bilan ta'minlash oily ta'lim tizimi oldiga qo’yilgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. "Muhandislik chizmasi va eskiz" fanidan O`quv- metodik majmua – davlat ta'lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo`lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyixalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta'minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv - uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta'lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o’z ichiga oladi.