Tabiatga inson ta’sirining yildan-yilga ortib borishi, o‘z navbatida tabiat qonuniyatlarini chuqur bilishni, shuningdek, tabiat va uning resurslaridan tejab-tergab, oqilona foydalanishni talab etadi. Bu esa geografik bilimlarni chuqur bilishni, tabiatdan foydalanishda ularga amal qilishni taqazo etadi. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi dunyo tabiati komplekslari va komponentlarining tarkib topishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Ushbu fan talabalarga er kurrasida ro‘y beradigan tabiiy jarayon va hodisalarni, geografik tizimlar yoki ularni tashkil qilgan ayrim komponentlar orasidagi o‘zaro aloqadorlik va ta’sirni, o‘xshash va farq qiluvchi qonuniyatlarni o‘rganish bo‘yicha bilimlar beradi.

Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o‘quv predmetida aholi va xo‘jalikni jahon hamda uning ayrim mintaqalarida, mamlakatlarida joylanish va rivojlanish xususiyatlari haqida bilimlarga ega bo‘linadi. Mazkur fanning regional bo‘limida talabalar dunyoning turli davlat va hududlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, siyosiy jarayonlarning mazmun-mohiyati, sabab-oqibatlari, qonuniyat va aloqadorliklari, shuningdek globallashuv jarayonlarining mintaqaviy xususiyatlari bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab etiladi.


Geografiya ta’limi joy nomlari bilan juda bog‘langan. Geografiyada biror ma’lumot yo‘qki, u joy nomi bilan bog‘lanmagan bo‘lsin. Joy nomlarini, ularning ma’nosi, kelib chiqishini bilmasdan turib, shu joy geografiyasini to‘liq o‘rganib bo‘lmaydi. Toponimika va terminologiya kishilarning ilmiy, ma’naviy saviyasini, madaniyatini rivojlantiradi.

Har bir geografiya o‘qituvchisi darsni yuqori saviyada olib borishi uchun joy nomlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishi zarur. Har bir fanni uning terminlari haqida bilimga ega bo‘lmasdan turib, yaxshi egallash mumkin emas. Mazkur kurs geografiya mutaxassislariga ilmiy terminlar va joy nomlari (toponimlar) haqida bilim beradi.


Oliy geodeziya va unga turdosh fanlar (gravitatsiya, kosmik geodeziya va astronomiya) asosiy ilmiy vazifasi Yer figurasining (shaklining) parametrlarini (uning o’lchamlarini), tashqi gravitatsiya maydonini va ularning davriy o’zgarishini aniqlashdan iborat.

Oliy geodeziya fani Yerning shaklini, o’lchamlarini va yer gravitatsion maydonini aniqlash, davlat geodezik tayanch to’rlarini (tarmok) barpo etish, geodinamik hodisalarni o’rganish, hamda Yer ellipsoid yuzasida va fazoda geodezik masalarni yechish bilan shug’ullanadi.